Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Narxlarni asossiz ravishda oshirish javobgarlikka sabab bo‘ladi


Narxlarni asossiz ravishda oshirish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari"ga ko‘ra, Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini sotish qoidalariga ko‘ra, quyidagi savdo qoidalarini buzilishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi:

- narxlarni asossiz ravishda oshirish;

- tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik;

- tovarlar, mahsulotlarni chek bermasdan sotish;

- xaridorga tovarning, mahsulotning miqdori, vaznini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;

- nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish;

- yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish;

- polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno).

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 164-moddasida savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishga oid javobgarlik belgilangan. Unga ko‘ra, tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablag‘lari bilan yoki plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar shakliga qarab, ularning narxlarini sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi

boshlig‘i                                                                               

 Sh.Tadjibaev