Янгиликлар
Identifikatsiyalovchi ID-kartani 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham olsa bo‘ladimi?
Identifikatsiyalovchi ID-kartani 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham olsa bo‘ladimi?
ID-karta oluvchi haqida ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik va biometrik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hujjat hisoblanadi.
ID-karta O‘zbekiston Respublikasi mulkidir va uning egasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasidadir.
ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi:
- yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha — ikki yil muddatga;
- bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;
- 16 yoshdan — 10 yil muddatga.
ID-karta qat’iy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi.
ID-karta belgilangan namuna bo‘yicha lotin alifbosida o‘zbek tilida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun esa — ID-karta olish uchun murojaat qilgan fuqaroning xohishiga ko‘ra lotin alifbosida qoraqalpoq yoki o‘zbek tillarida personallashtiriladi.
Toshkent tumani adliya bo‘limi
boshlig‘i
Sh.Tadjibaev