Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo‘qolsa qanday javobgarlik mavjud?


Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo‘qolsa qanday javobgarlik mavjud?       

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra:

- fuqarolarning pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz;

- haqiqiy bo‘lmagan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan;

- doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashi;

- xorijga chiqish uchun biometrik pasportini qasddan yaroqsizlantirishi;

- ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi;

- fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotishi

BHMning ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu holatlar bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

BHMning besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan identifikatsiyalovchi ID-kartasini o‘z vaqtida olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi

boshlig‘i                                                                               

 Sh.Tadjibaev