Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Parvarishlash nafaqasi nima u qanday tayinlanadi? Kimlar parvarishlash nafaqasini olish huquqiga ega?


Parvarishlash nafaqasi nima u qanday tayinlanadi? Kimlar parvarishlash nafaqasini olish huquqiga ega?

Parvarishlash nafaqasi respublikamizda 2022 yil 1 apreldan boshlab joriy etilgan bo‘lib, ushbu nafaqaning o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga tayinlanishi belgilangan.

Mazkur nafaqani belgilangan ro‘yxatdagi kasallikka chalingan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning qonuniy vakili olish huquqiga ega.

Nafaqani olish uchun qay tartibda murojaat qilish lozim?

Parvarishlash nafaqasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri mazkur nafaqa “proaktiv shaklda” tayinlanadi. Ya’ni ushbu nafaqani olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsdan biror bir shaklda ariza yoki murojaat qoldirish talab etilmaydi.

Nafaqa qay tartibda tayinlanadi?

Belgilangan ro‘yxatdagi kasallik aniqlanib, pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan nogironlik belgilangandan so‘ng, besh daqiqa ichida “TIEK” axborot tizimi orqali bolaning qonuniy vakili to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimiga avtomatik ravishda yuboriladi. Qonuniy vakilning bola bilan qarindoshlik aloqalariga “Bolalarni vasiylik, homiylik va farzandlikka olish” axborot tizimiga so‘rov yuborish orqali aniqlik kiritiladi. Tizimlardagi ma’lumotlarga asoslangan holda, qonuniy vakil belgilangan talablarga mos deb topilsa, unga parvarishlash nafaqasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi hamda nafaqa tayinlangan muddat, nafaqa miqdori, nafaqani qachon va qaerdan olish to‘g‘risida SMS-xabar yuboriladi.

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi

boshlig‘i                                                                                

Sh.Tadjibaev