Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilgan?


Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilgan?

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi " Yo‘l xarakati qoidalari"ning 9-bandiga ko‘ra quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmasligiga ruxsat beriladi:

 

— avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

 

— o‘quv-mashq transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;

 

— homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda);

 

— xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yo‘lovchilari.

 

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                        

 M.Xasanov