Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Endi avtomashinada drift qilgan haydovchilarga juda yomon bo‘ladi.


Endi avtomashinada drift qilgan haydovchilarga juda yomon bo‘ladi.

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga “yo‘l bezoriligi” degan yangi 128-10-modda kiritildi.

 

Bu moddaga asosan endi harakat davomida avtomashinasi bilan yo‘l bezoriligi qilgan shaxslar, ya’ni boshqa transport vositalari harakatiga qasddan to‘sqinlik qilgan, yoki harakatlanish burchagini va tezligini saqlagan holda transport vositasini sirpantirgan (drift) qilgan haydovchilar:

 

transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yildan 2 yilgacha mahrum qilinadi va qo‘shimchasiga BHMning 25 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

 

Toshkent tumani adliya bo‘limi

bosh maslaxatchisi                                                                         

M.Xasanov