Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Assalomu aleykum men men 30 yildan buyon mehnat ta'tiliga chiqmasdan ishlab kelmoqdaman men hozir mehnat shartnomamni bekor qilsam menga 30 yillik mehnat ta'tili Puli beriladimi?


Assalomu aleykum men men 30 yildan buyon mehnat ta'tiliga chiqmasdan ishlab kelmoqdaman men hozir mehnat shartnomamni bekor qilsam menga 30 yillik mehnat ta'tili Puli beriladimi?

Javob

O‘ttiz yil davomida biror marta ham yillik mehnat ta’tiliga chiqmasdan ishlash juda noodatiy va hayratlanarli holatdir.

 

Mehnat kodeksining 172-modda siga asosan, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak. Hisob-kitob xodimga xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarini to‘lashni ham o‘z ichiga oladi. Kodeksning 234-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

 

Demak agar siz hozir mehnat shartnomangizni bekor qilsangiz foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalari to‘lab beriladi.

 

 

Toshkent tumani

YXKM bosh yuriskonsulti                                                             

Q.Shadiyev