Янгиликлар
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili berish haqida tushuntirish bersangiz?
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili berish haqida tushuntirish bersangiz?
Javob:Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga davomiyligi kamida oʻttiz kalendar kun boʻlgan yillik mehnat ta'tili beriladi va ular bu ta'tildan yilning oʻzlari uchun qulay boʻlgan istalgan vaqtida foydalanishi mumkin.
Agar yillik mehnat ta'tili berilayotgan ish yili xodim oʻn sakkiz yoshga toʻladigan va toʻlib boʻlganidan keyingi davrlarni qamrab olsa, ta'tilning davomiyligi xodim oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar va oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyingi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarni yillik mehnat ta'tilidan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari kodeksda belgilab qoʻyilgan, yani -Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari umumiy ishlab chiqarish normalaridan kelib chiqqan holda ushbu xodimlar uchun belgilangan qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib ravishda belgilanadi.
Umumiy oʻrta ta'lim yoki oʻrta maxsus, professional ta'lim olganidan keyin ishga kirayotgan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun, shuningdek ishlab chiqarish ta'limi shartnomasi boʻyicha ta'lim olgan xodimlar uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq pasaytirilgan ishlab chiqarish normalari belgilanishi mumkin.
Bekobod shahar Adliya bo`limi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Behzod Toshpo`latov