Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari nimalardan iborat?


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari nimalardan iborat?

FPK 30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga tegishli ishlar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunda o‘z vakolatiga kiritilgan ishlarni ko‘rib chiqadi, shuningdek alohida holatlarni hisobga olib, har qanday ishni O‘zbekiston Respublikasining istalgan sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida o‘zining ish yuritishiga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa tegishli sudga o‘tkazishga haqli. Sudlar to‘g‘risidagi Qonun 703-son 28.07.2021 18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi: o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi sifatida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ko‘rib chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi va qonunchilikning qo‘llanilishi yuzasidan tushuntirishlar beradi; harbiy sudlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining tashkiliy faoliyatini o‘rganadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi; sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Bekobod shaxar Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                    

Nizomiddin Tursunov