Янгиликлар
Odil sudlovni amalga oshirishga qo‘maklashuchi shaxslar kimlar hisoblanadi?
Odil sudlovni amalga oshirishga qo‘maklashuchi shaxslar kimlar hisoblanadi?
Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar. Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, yozma va ashyoviy dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslardir. 56-modda. Guvoh. Ishga doir biror holatdan xabardor bo‘lgan har qanday shaxs guvoh bo‘la oladi. Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emas: vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida — fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachilar, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha advokatlar, mediatorlar; jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qilishga yoki ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar. 58-modda. Ekspert. Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin. Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. 61-modda. Mutaxassis. Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yo‘li bilan ko‘maklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda yordam berish maqsadida fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, ishning yakunidan manfaatdor bo‘lmagan voyaga yetgan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin. Mutaxassisni jalb qilish to‘g‘risida ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda, sud majlisi davomida esa sud majlisining bayonnomasida ko‘rsatiladi. Sudning mutaxassis chaqirish to‘g‘risidagi talabi mutaxassis ishlab turgan tashkilot rahbari uchun majburiydir. 63-modda. Tarjimon. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tillarni biladigan shaxs tarjimondir. Sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tarjimon vazifalarini o‘z zimmasiga olishga haqli emas.
Bekobod shaxar Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i
Nizomiddin Tursunov