Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

“Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun va mohiyatini atroflicha tahlil qiling. Ushbu qonunning qabul qilinishi fuqarolik sud ishlarini yuritishdagi ahamiyatini ochib bering?


“Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun va mohiyatini atroflicha tahlil qiling. Ushbu qonunning qabul qilinishi fuqarolik sud ishlarini yuritishdagi ahamiyatini ochib bering?

2018-yil 3-iyul, O‘RQ-482-son QONUNI MEDIATSIYA TO‘G‘RISIDA 34-moddadan iborat. FPK 166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish. Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar ko‘radi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi. Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni o‘zaro talablarning to‘liq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin. Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibida yuritiladigan har qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkin. Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin. Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi. 226-modda. Da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuvi. Da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligi, javobgarning da’vogar talablarini tan olganligi yoki taraflarning kelishuv bitimi shartlari sud nomiga yo‘llangan, ishga qo‘shib qo‘yiladigan yozma arizalarida ifoda etilgan bo‘lishi lozim bo‘lib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi. Mediativ kelishuv sudga alohida hujjat tarzida taqdim etiladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida ko‘rsatiladi. QONUNI MEDIATSIYA TO‘G‘RISIDA 15-modda. Mediatsiyani qo‘llash shartlari. Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qo‘llaniladi. Mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilishi mumkin. Mediatsiya nizoni hakamlik sudida ko‘rish jarayonida ham hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qo‘llanilishi mumkin. Mediatsiya sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilgan taqdirda faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi mediatorning albatta ishtirok etishi talab etiladi. Mediatsiyada ishtirok etganlik fakti aybni tan olish dalili bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. QONUNI MEDIATSIYA TO‘G‘RISIDA 16-modda. Mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuv. Mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuv shartnomadagi uning tarkibiy qismi bo‘lgan shart tarzida yoki alohida kelishuv tarzida yozma shaklda tuziladi. Mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvda taraflar o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha yoki muayyan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish yo‘li bilan hal etilishi kerakligi haqidagi qoida bo‘lishi lozim. Mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvda nizo predmeti haqidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarda taraflarning ishtirok etish shartlari haqidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.

Bekobod shaxar Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                 

Nizomiddin Tursunov