Янгиликлар
Fuqarolik protsessual huquqining manbalari
Fuqarolik protsessual huquqining manbalari
Fuqarolik protsessual huquqining manbalari fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibini belgilovchi fuqarolik protsessual normalardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalar hisoblanadi. Huquqning manbasi deganda, umumiy ma’noda huquqni ifoda etilish shakli tushuniladi. Huquq normalarini sharhlash aktlarini quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin: -huquq sohalari bo‘yicha (konstitutsiyaviy-huquqiy, jinoyat huquqiy, ma’muriy huquqiy); qabul qilgan sub’ektga ko‘ra (autentik, ya’ni huquq normasini qabul qilgan organning o‘zi tomonidan, legal, ya’ni vakolat berilgan sub’ekt tomonidan, masalan, jinoyat kodeksi normalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan sharhlanishi); Ya’ni Oliy sud Rlenumi tomonidan sudlarga qonun normalarini tushuntirish sifatida chiqariladi. sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko‘rib chiqadi va qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi, ya’ni Rlenumi qarorlari huquq manbasi hisoblanmaydi.
Bekobod shaxar Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i
Nizomiddin Tursunov