Янгиликлар
Sudlar to‘g‘risidagi Qonun bo‘yicha tushintirish bering?
Sudlar to‘g‘risidagi Qonun bo‘yicha tushintirish bering?
Sudlar to‘g‘risidagi Qonun 703-son 28.07.2021 60-modda. Sudyaning qasamyodi. Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: «Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek beg‘araz, xolis va adolatli bo‘lishga tantanali qasamyod qilaman». Sudya O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i oldida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘i oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladi. Sudyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida qasamyod qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi rayosati majlisida qasamyod qiladi. Ilk bor lavozimga saylangan yoki tayinlangan sudya o‘z vakolatlarini amalga oshirishga qasamyod qilganidan keyin kirishadi.
Bekobod shaxar Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i
Nizomiddin Tursunov