Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Fuqarolik ishlarining taalluqliligi tushunchasi va turlarini tahlil qiling. Taalluqlilik deganda


Fuqarolik ishlarining taalluqliligi tushunchasi va turlarini tahlil qiling.

Taalluqlilik deganda, fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish vazifasi qonun bilan muayyan davlat organi yoki jamoat tashkiloti zimmasiga yuklatilganligi tushuniladi. Mazkur ta’rifdan ko‘rinadiki, taalluqlilik haqidagi qoidalar faqat qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilishi hamda fuqarolik ishlari muayyan davlat organi yoki jamoat tashkiloti zimmasiga yuklatilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda. Ta’kidlash joizki, taalluqlilik sud hokimiyati bilan boshqa davlat organlari o‘rtasidagi vakolatlarning bo‘linishida muhim hisoblanib, ushbu vakolatlarning amalda qo‘llanilishiga sharoit yaratadi. Taalluqlilik quyidagi turlarga ajratiladi: -mustasno; -alternativ; -shartnomaviy; -shartli (imperativ) taalluqlilik. Mustasno taalluqlilik. Fuqarolik, oila, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan aksariyat nizoli ishlar bevosita sudlarga taalluqli bo‘lib, boshqa organlar tomonidan mazmunan ko‘rilishi mumkin emas. Taalluqlilikning bunday turi mustasno taalluqlilik deb nomlanadi. Mustasno taalluqlilikka muvofiq, nizoli ishni sudda ko‘rib hal qilish uchun sudga qadar u yoki bu organlarda mazkur ishning ko‘rilishi talab etilmaydi. Masalan, xodimni ishga tiklash, voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan er va xotinni nikohdan ajratish, turar joyga nisbatan berilgan orderni haqiqiy emas deb topish va shu kabi ko‘plab fuqarolik ishlari mustasno taalluqlilikka misol bo‘la oladi. Alternativ taalluqlilikka ko‘ra, sub’ektiv huquq to‘g‘risidagi nizo manfaatdor shaxslarning xohishiga ko‘ra sudda yoki boshqa davlat organlari yoki jamoat tashkilotlarida ko‘rilishi mumkin. Shartnomaviy taalluqlilik alternativ taalluqlilikka o‘xshab ketadi. Bunda ham taraflar nizoni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan organni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Faqat bu yerda nizoni qaysi organda ko‘rilishini taraflar o‘zaro kelishib belgilaydilar. Masalan, taraflar yuzaga kelgan nizoni hal qilishni hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimini tuzishlari shular jumlasidandir. Qonun hujjatlarida yoki shartnomalarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ishlar dastavval sudga qadarli boshqa organlarda ko‘rilganidan keyingina sudga taalluqli bo‘ladi. Bunday taalluqlilik turi shartli taalluqlilik deb nomlanadi.

 

Bekobod shaxar Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                  

Nizomiddin Tursunov