Янгиликлар
Fuqarolik protsessida taraflar va ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntiring.
Fuqarolik protsessida taraflar va ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntiring.
Taraflar. Da’vogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning taraflaridir. O‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini ko‘zlab ish qo‘zg‘atilgan shaxs da’vogardir. O‘ziga nisbatan talab taqdim etilgan shaxs javobgardir. Alohida tartibda yuritiladigan ishlar va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar bo‘yicha ariza bergan shaxs arizachidir. 44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari. Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar. Da’vogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar taqdim etishga, da’vo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli. Javobgar da’vogarning talabini to‘liq yoki qisman tan olishga, qarshi da’vo taqdim etishga haqli. Da’vo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli.
Bekobod shaxar Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i
Nizomiddin Tursunov