Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslarning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntiring.


Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslarning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntiring.

 Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo‘lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi va o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.

 

Bekobod shaxar Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                  

Nizomiddin Tursunov