Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

O‘qituvchilarga berilgan imtiyozlar: to‘liq ma’lumot


O‘qituvchilarga berilgan imtiyozlar: to‘liq ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasida pedagoglar uchun bir qator imtiyozlar belgilangan bo‘lib, ular o‘qituvchilarning mehnatini qadrlash va faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Quyida asosiy imtiyozlar haqida batafsil to‘xtalamiz.

O‘qituvchilar uchun dam olish va tibbiy imtiyozlar

1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayram kuni hisoblanadi va dam olish kuni sifatida belgilangan.

Pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

O‘qituvchilarga 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til beriladi.

Ish vaqti va mehnat sharoitlari

Pedagog xodimlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmaydi.

Ko‘p yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

Maosh va ustamalar

Maktab o‘qituvchilariga faoliyat natijalariga ko‘ra 10–40% ustama, kutubxonachi va psixologlarga 10–20% ustama belgilanadi.

Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40% gacha ustama beriladi.

Olis hududlarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga 50% gacha ustama belgilanadi.

Xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilarga 50% ustama qo‘shib beriladi.

Xorijiy tillar fanlari o‘qituvchilariga alohida ustamalar belgilanadi.

Rag‘batlantirish va qo‘shimcha imkoniyatlar

Fan olimpiadasi g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.

Respublika yoki xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarga pul mukofotlari va malaka toifasida imtiyozlar beriladi.

O‘zi olimpiadada g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga 150% gacha ustama belgilanadi.

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibiga yarim milliard so‘m mukofot beriladi.

Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlari uchun qo‘shimcha haq belgilanadi.

O‘qituvchilarning huquqlari

Pedagoglarning faoliyatiga asossiz aralashgan shaxslarga javobgarlik chorasi qo‘llanadi.

 

Angren shahar Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi boshlig`i                                                     

O.R.Raximberdiyev