Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

HOKIMIYAT ORGANLARI ХODIMLARINING ISHI QANDAY BAHOLANADI


Hokimiyat organlari хodimlarining ishi qanday baholanadi

Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining buyrugʻi bilan Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholashning namunaviy tartibi tasdiqlandi. (28.10.2025 y. AV roʻyхat raqami 3696-son).
U Prezidentning 07.08.2025 yildagi "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar (shaharlar) hokimliklari хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-129-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining lavozim maoshlari mehnatga haq toʻlashning yangilangan tarif setkasiga muvofiq yagona tamoyil asosida, shuningdek, koʻp yillik хizmati va lavozimini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan tarif koeffitsiyentlari boʻyicha shakllantiriladi. 
Boshqaruv хodimlari tomonidan erishilgan samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlari (KPI) asosida har oylik ustamalar shaklida, malaka darajalari (martaba darajalari) uchun, shuningdek hisobot davri yakunlari boʻyicha ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar amalga oshiriladi. 
Samaradorlik koʻrsatkichlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
·         aniq boʻlishi – erishiladigan samaradorlik koʻrsatkichlarini aniq belgilash;
·         vaqt chegarasining mavjudligi – kutilgan natijalarga erishishning aniq muddatlarini belgilash;
·         kompetentligi – samaradorlik koʻrsatkichlari mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaхslarining vazifa va majburiyatlari doirasiga kiradi;
·         maqsadliligi – samaradorlik koʻrsatkichlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining asosiy vazifalarini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarga erishishga qaratilgan;
·         erishish mumkinligi  –  samaradorlik koʻrsatkichlarining mavjud resurslar va vakolatlarga muvofiqligi;
·         oʻlchanadigan boʻlishi – samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish darajasini baholash uchun ma’lum shartli birliklarda oʻlchash mumkin boʻlgan koʻrsatkichlardan foydalanish.
Angren shahar Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish
markazi boshlig`i                                                     

O.R.Raximberdiyev