Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Quyosh elektr stansiyasini to‘liq o‘z mablag‘idan qurganlarga kompensatsiya beriladi.


Quyosh elektr stansiyasini to‘liq o‘z mablag‘idan qurganlarga kompensatsiya beriladi.

 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o‘rnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori o‘rnatilgan quvvati:

???? 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo‘lganda BHMning 7 barobar;

 

????1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo‘lganda BHMning 10 barobar;

????1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo‘lganda BHMning 15 barobar;

 

????2 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 20 barobar;

 

????5 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar o‘zlashtirilganda va tik quduqlarda o‘rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlanganda).

 

Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

3-darajali adliya maslahatchisi

Ibroxim Xatamov