Янгиликлар
Kimlar ishsiz deb hisoblanadi?
Kimlar ishsiz deb hisoblanadi?
Javob: Adliya bo‘limi mas’ul xodimi M.Raxmanov. "Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunning 44-moddasiga ko‘ra, 16 yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsiz deb e’tirof etiladi.
Savol: Ishsizlik nafaqasi kimlarga tayinlanadi?
Javob: Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Xatamov Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Ishsizlik nafaqasini to‘lash ishsiz shaxsning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ishsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran hisoblanadi va to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasi o‘n ikki oylik davr ichida ko‘pi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida to‘lanadi.
Savol:Uy joy qurish uchun yer uchastkalari auksion orqali ishlatilganda, yer uchastkasi qaysi xududdan beriladi?
Javob: Adliya bo‘limi mas’ul xodimi B.Mavlonov
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonchasida elektron auksionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari (aholi punktining bosh rejasi va aholi punkti tegishli qismining BRL) bilan ta’minlangan aholi punktlari hududlarida beriladi (auksionga qo‘yiladi).
Savol: Kadastr hujjatini vaqtida rasmiylashtirmaganlik uchun javobgarlik bormi?
Javob: Adliya bo‘limi mas’ul xodimi K.Muratova.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 68-1-moddacsiga asosan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga er uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi va fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima qo‘llanishi belgilangan.
“Oqqo‘rg‘on ovozi” gazetasiga
“Adliya minbari
Savol bering javob beramiz
rukni”ga
maqola loyihasi