Янгиликлар
Idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddatlari qanday?
SAVOL: Idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddatlari qanday?
JAVOB: Idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddati, agar qonunlar, Prezident va Hukumatning hujjatlarida bundan ko‘p muddat belgilanmagan bo‘lsa, 2 oy etib belgilanadi.
I.Xatamov,
Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i
SAVOL: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya olish muddati necha kundan iborat?
JAVOB: Jismoniy va yuridik shaxslarning avtomobil totransportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya olish muddati
2 ish kunidan iborat.
D.Yusupov,
Adliya bo‘limi mas’ul xodimi
SAVOL: Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?
JAVOB: Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
B.Raxmatullaev,
Adliya bo‘limi mas’ul xodimi
SAVOL: Noturar ob’ektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
JAVOB: Jismoniy va yuridik shaxslardan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat nusxasi talab etiladi.
N.To‘laboeva,
Adliya bo‘limi mas’ul xodimi
“Oqqo‘rg‘on ovozi” gazetasiga
“Adliya minbari
Savol bering javob beramiz
rukni”ga
maqola loyihasi