Янгиликлар
LOYIHA “Oqqo‘rg‘on ovozi” gazetasiga “Adliya minbari” rukniga
LOYIHA
“Oqqo‘rg‘on ovozi” gazetasiga
“Adliya minbari” rukniga
Savol bering, javob beramiz.
SAVOL: Ish beruvchilar uchun bekor qilingan talablar nimalardan iborat?
JAVOB: qonunchilikka ko‘ra, joriy yilning 1 sentyabridan bo‘sh ish o‘rinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik hamda bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish talablari bekor qilindi.
V.Farmonqulov,
Tuman adliya bo‘limi masul xodimi
SAVOL: Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma muddati necha kundan iborat?
JAVOB: Jismoniy va yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma muddati 10 kundan iborat.
D.Yusupov,
Tuman adliya bo‘limi masul xodimi
SAVOL: Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?
JAVOB: Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdoring 0,30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
B.Raxmatullaev,
Tuman adliya bo‘limi masul xodimi
SAVOL: Xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd yetish) uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
JAVOB: Jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi hamda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi talab etiladi.
N.To‘laboeva,
Tuman adliya bo‘limi masul xodimi
SAVOL: Qanday holatlar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi?
JAVOB: So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa, ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk ob’ektiga ta’qiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Yangiyo‘l tumani Adliya bo‘limi mas’ul xodimi
E.Sarimsakov