Янгиликлар
“Oqqo‘rg‘on ovozi” gazetasiga maqola loyihasi
“Oqqo‘rg‘on ovozi” gazetasiga
maqola loyihasi
Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanadi, tahlil qilinadi va bartaraf etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. (Ma’lumot uchun: PF-80-son, 24.05.2024 y.)
Farmonga ko‘ra, Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi, 2024 yil 1 iyuldan Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko‘ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;
avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reestriga kiritish va bu haqida davlat reestridan ko‘chirma berish bepul amalga oshiriladi;
noturar joylarni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;
2024 yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;
Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
- fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan o‘tish bepul asosda amalga oshiriladi.
Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida:
2024 yil 1 iyuldan elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va
“Oqqo‘rg‘on ovozi” gazetasiga.
“Adliya minbari”.
“Savol bering, javob beramiz” rukniga