Янгиликлар
Savol: Qarzdor bo‘lmasa ham avtomobilga taqiq qo‘yilishi mumkinmi?
Savol: Qarzdor bo‘lmasa ham avtomobilga taqiq qo‘yilishi mumkinmi?
Yo‘q, mulkdorning hech qanday qarzi bo‘lmagan holatda davlat ijrochisi tomonidan uning avtomobiliga taqiq qo‘yilishi mumkin emas.“Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan avtomobil egasining qarzdorligi bo‘lgan holatda avtomobilga ta’qiq qo‘yilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019-yil 4-yanvardagi “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasiga asosanga binoan agarda mol-mulk (avtomobil) umumiy mulk ob’ekti bo‘lsa, (er yoki hotinga ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa,) taraflardan birining iltimosiga binoan ta’qiq qo‘yilishi mumkin.
- ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasi taraflar o‘rtasidagi to‘lov majburiyatlarini keyinchalik, ya’ni bitimda ko‘rsatilgan ma’lum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga o‘tkazilganda, notarius tomonidan taraflar o‘rtasidagi to‘lov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda ko‘rsatilgan muddatga ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishga ta’qiq qo‘yiladi.
- avtomobil garov bilan ta’minlangan majburiyatda garov narsasi bo‘lsa, bunday holatda ham avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishga ta’qiq qo‘yiladi.
tuman Adliya bo‘limi
ma’sul xodimi M.Rahmonov