Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish


Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega: (https://lex.uz/docs/-6502543#-6507201)

kam ta'minlangan shaxslar, agar ular:

➖fuqarolik ishlari bo'yicha da'vogar yoki javobgar;

➖ma'muriy ishlar bo'yicha arizachi;

➖ma'muriy qamoq tarzidagi ma'muriy jazo nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs;

➖jinoyat ishlari bo'yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek mahkum bo'lsa;

ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to'g'risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko'rsatilayotganda;

o'z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

jinoyat ishi bo'yicha advokat ishtirok etishi shart bo'lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.


Qibray tuman adliya bo‘lim boshlig‘i 

MATRASULOV DAVLATNAZAR RAXIMBERGANOVICH