Янгиликлар
Qurbon hayiti bayrami 16 iyun kuni nishonlanadi
Qurbon hayiti bayrami 16 iyun kuni nishonlanadi
“Muborak Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-216-son, 11.06.2024 y.) qabul qilindi
???? Qarorga ko'ra, 2024-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanba kuniga to'g'ri kelishi to'g'risida O'zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilinib, yurtimizda 16-iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
✔️Shuningdek:
????Mehnat kodeksiga muvofiq, ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to'g'ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko'chiriladi.
????Prezident Farmoni (https://lex.uz/docs/6704048) bilan 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
???? Qurbon hayiti kunlarida mo'tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.