Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Tergov sudyasiga sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati beriladi


Tergov sudyasiga sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati beriladi

 

???? Farmonga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7518) tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati beriladi:

✅quyidagilar bo'yicha sanksiyalar:

➖qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash bilan bog'liq iltimosnoma;

➖qamoqda saqlash yoki uy qamog'i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog'liq iltimosnoma;

➖pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnoma;

➖murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;

➖pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;

➖tintuv o'tkazish haqidagi iltimosnoma;

➖telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;

➖mol-mulkni xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;

✅ quyidagilar bo'yicha majburlov choralari:

➖ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnoma;

➖shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;

➖ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomasi;

➖ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma;

✅ Prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) ko'rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to'g'risidagi iltimosnomasi.

Qibray tuman adliya bo‘lim boshlig‘i 

MATRASULOV DAVLATNAZAR RAXIMBERGANOVICH