Янгиликлар
❗️“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-214-son, 10.06.2024 y.) qabul qilindi
❗️“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-214-son, 10.06.2024 y.) qabul qilindi
????Qarorga ko'ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish to'g'risidagi Bitim tasdiqlandi.
????Mazkur Bitim, 2023-yil 13-oktyabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishida imzolangan.
???? Adliya vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.
✔️Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.
Qibray tuman adliya bo‘lim boshlig‘i
MATRASULOV DAVLATNAZAR RAXIMBERGANOVICH