Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

❗️Har bir bola sog'lig'ini saqlash huquqiga ega


 

❗️Har bir bola sog'lig'ini saqlash huquqiga ega

Bolaning sog'lig'ini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yo'llar bilan ta'minlanadi: (https://lex.uz/docs/1297315#1297778)

➖malakali tibbiy xizmat ko'rsatilishini tashkil qilish;

➖bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;

➖bolalar va o'smirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;

➖talab darajasidagi sifatga ega bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;

➖bolaning fiziologik xususiyatlari va sog'lig'i holatiga javob beradigan ta'lim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;

➖kasbga yaroqlilikni aniqlashda bepul tibbiy maslahat berish;

➖sanitariya-gigiena ta'limi berish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va rag'batlantirish;

➖sog'lig'ining holati to'g'risida bola uchun qulay bo'lgan tarzda zarur axborotni taqdim etish.

⚠️ Davlat sog'lom bola tug'ilishini ta'minlash uchun onaga uning sog'lig'ini saqlash sharoitlarini yaratadi hamda davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.


Qibray tuman YXKM boshlig‘i

AVLAQULOV SOBIR SHODIQUL O‘G‘LI