Янгиликлар
O'zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o'tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-213-son, 05.06.2024 y.) qabul qilindi
❗️“O'zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o'tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-213-son, 05.06.2024 y.) qabul qilindi
????Qarorga ko'ra, O'zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o'tish choralarini muvofiqlashtirish bo'yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo'yicha quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklandi:
????issiqxona gazlari xatlovi hisobotini tasdiqlash;
????xatlov tizimining ichki qoidalarini tasdiqlash va yangilab borish;
????issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
????xatlov tizimi ishtirokchilarining salohiyatini oshirish choralarini ko'rish.
???? 2024-yil 1-dekabrgacha milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi (onlayn platforma) ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi ta'minlanadi.
✔️2025-yil 1-yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan o'tkazilishi ta'minlanadi.
❕Bunda onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil” iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Qibray tuman YXKM boshlig‘i
AVLAQULOV SOBIR SHODIQUL O‘G‘LI