Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug'urta qilish talabi bekor qilinadi


Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug'urta qilish talabi bekor qilinadi

???? Farmonga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7340) Ipotekani qo'llab-quvvatlash jamg'armasi (Jamg'arma) tashkil etiladi.

???? 2024-yil 1-maydan quyidagi tartiblar o'rnatiladi:

????birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug'urta xavflaridan sug'urta qilish talabi bekor qilinadi;

????ko'p qavatli uy-joylarni qurish huquqi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “C” va “CC” bo'lgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi.

❕Bunda, elektron reyting bahosi “C” bo'lgan tashkilotlarga 5 qavatdan yuqori bo'lmagan, “CC” bo'lgan tashkilotlarga – 9 qavatdan yuqori bo'lmagan uy-joylarni qurishga ruxsat etiladi;

????2025-yil 1-yanvargacha belgilangan yangi qurilish va maxsus texnikalarning importida bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladi;

????“Yangi O'zbekiston” massivlarida ko'p qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablag'larini to'ldirish uchun byudjetdan 500 milliard so'm mablag' yo'naltiriladi.

????qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar bo'yicha 24 oydan ortiq bo'lmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kafillik va kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Qibray tuman YXKM boshlig‘i

AVLAQULOV SOBIR SHODIQUL O‘G‘LI