Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

To'qimachilik va tikuv-trikotaj yo'nalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi


To'qimachilik va tikuv-trikotaj yo'nalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi

✅ Farmonga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7348) to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan ro'yxat bo'yicha import qilinadigan xomashyo va boshqa materiallar, butlovchilar va ehtiyot qismlar 2027-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod qilinadi.

???? 2024-yil 1-maydan 2026-yil 1-maygacha “A” va undan yuqori toifadagi to'qimachilik va tikuv-trikotaj yo'nalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o'tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, QQS summasi o'rnini qoplash (qaytarish) 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.

???? 2024-yil 1-maydan “A” va undan yuqori toifadagi to'qimachilik va tikuv-trikotaj yo'nalishidagi eksportchi korxonalarga akkreditivni garovga olgan holda uning 70 foizi miqdorida ajratiladigan kreditlar uchun banklarga “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan mablag' taqdim qilish tizimi joriy qilinadi.

???? Toshkent shahrida va bosqichma-bosqich hudud markazlaridagi yirik savdo komplekslarida “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” (Made in Uzbekistan) brendi ostida milliy mahsulotlar do'konlari tashkil qilinadi.


Qibray tuman YXKM boshlig‘i

AVLAQULOV SOBIR SHODIQUL O‘G‘LI