Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi


Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

“Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o'rganish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-178-son, 15.05.2024 y.) qabul qilindi

????Qarorga ko'ra, hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o'qitishga yo'naltirilgan “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi.

????Quyidagilar “IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi:

????yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo'naltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash bo'yicha intilishlarini rag'batlantirish;

????seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn ta'lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;

????dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko'rsatish yo'nalishlarida ta'lim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga o'qitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;

????yosh avlodni zamonaviy kasblarga o'qitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko'nikmalarini oshirish.

Qibray tuman adliya bo‘lim bosh maslahatchisi

O‘ROQOV ABBOSXON NUROLI O‘G‘LI