Янгиликлар
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi
???? Farmonga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7424)2024-yil 1-iyundan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi.
▶️ Bunda:
????Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yo'nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ'ibot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi bo'g'inigacha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yuboriladi;
????davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy targ'ibotning innovatsion usullari keng tatbiq etiladi;
????davlat organlari va tashkilotlarida o'z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga mas'ul bo'linmalar belgilanadi;
????davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.
Qibray tuman adliya bo‘lim bosh maslahatchisi
O‘ROQOV ABBOSXON NUROLI O‘G‘LI