Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

#Qonunchilikdagi_yangiliklar


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi

????Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga doir boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi.

???? Aholining yagona elektron reyestri:

????O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi;

????tegishli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko'rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug'urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko'rsatishda ushbu reyestrdan foydalaniladi;

????Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladi.


Qibray tuman adliya bo‘lim bosh maslahatchisi

O‘ROQOV ABBOSXON NUROLI O‘G‘LI