Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qonunchilikdagi_yangiliklar


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ta'lim grantida tahsil olgan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

????Farmonga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan OTMlari talabalariga davlat granti ijtimoiy-rag'batlantiruvchi grant va ta'lim granti shaklida ajratiladi.

???? 2024/2025-o'quv yilidan bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta'lim granti bir o'quv yili uchun ajratiladi.

▶️ Bunda:

➖ta'lim granti birinchi kursda OTMlarga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to'plagan talabalarga ajratiladi;

➖ta'lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko'rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida OTMlar tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

➖ta'lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to'liq ta'lim grantini yutgan talabalarga to'lanadi;

➖ijtimoiy-rag'batlantiruvchi grant sohibi bo'lgan talabalarga davlat granti ularning o'qish davri uchun to'liq hajmda taqdim etiladi;

➖ta'lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o'qishni tamomlaganlaridan so'ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

Qibray tuman adliya bo‘lim bosh maslahatchisi

O‘ROQOV ABBOSXON NUROLI O‘G‘LI