Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

#Qonunchilikdagi_yangiliklar


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish tartiblari takomillashtiriladi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-193-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi

???? Qarorga ko'ra, yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (qo'llab-quvvatlash choralari) ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda joriy etiladi:

1️⃣ qo'llab-quvvatlash choralari “B” va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlarga amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

▫️“AAA” toifa – amaldagi miqdorning 100 foizi;

▫️“AA” toifa – amaldagi miqdorning 90 foizi;

▫️“A” toifa – amaldagi miqdorning 80 foizi;

▫️“BBB” toifa – amaldagi miqdorning 70 foizi;

▫️“BB” toifa – amaldagi miqdorning 60 foizi;

▫️“B” toifa – amaldagi miqdorning 50 foizi;

2️⃣ qo'llab-quvvatlash choralari ro'yxatdan o'tganiga 6 oy bo'lmagan, shuningdek, Prezident Farmoniga muvofiq 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ularning reyting darajasidan qat'i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi;

3️⃣ tadbirkorlarning reyting darajasi:

▪️pasaygan taqdirda, qo'llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi;

▪️yuqorilagan taqdirda, qo'llab-quvvatlash choralari keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

 

???? 2025-yil 1-yanvardan “subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qo'llab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini o'z ichiga olgan alohida reyestr yuritiladi.


Qibray tuman adliya bo‘lim bosh maslahatchisi

O‘ROQOV ABBOSXON NUROLI O‘G‘LI