Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

#Qonunchilikdagi_yangiliklar


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️O'zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

“O'zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi

 

????Qarorga ko'ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O'zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

????Quyidagilar 2025/2026 o'quv yilidan Akademiya huzuriga o'tkaziladi:

????Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;

????Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.

✔️ Sport sohasida natijalari yuqori bo'lgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta'lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

???? Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.

▶️ Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari a'zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.

✅ Sportchilarga xorijiy tillar va O'zbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda o'rgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini o'z ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan O'zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o'qitish markazi tashkil etiladi.


Qibray tuman adliya bo‘lim bosh maslahatchisi

O‘ROQOV ABBOSXON NUROLI O‘G‘LI