Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

#Qonunchilikdagi_yangiliklar


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hududlarda “112” yagona dispetcherlik xizmati bosqichma-bosqich ishga tushiriladi

✅ Qarorga ko'ra, quyidagilar “112” yagona dispetcherlik xizmatining asosiy vazifalari etib belgilandi:

➖fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib bo'lmaydigan yordamni tashkil etish va ko'rsatish;

➖shoshilinch yordam ko'rsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;

➖vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari tomonidan fuqarolarga o'z vaqtida yordam ko'rsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;

➖vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari o'rtasida yaqindan axborot almashinuvi bo'yicha tezkor o'zaro hamkorlikni ta'minlash.

???? “112” yagona dispetcherlik xizmati quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:

????2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;

????2024-yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida;

????2024-yil yakuniga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi va qolgan viloyatlarda

Qibray tuman adliya bo‘lim bosh maslahatchisi
O‘ROQOV ABBOSXON NUROLI O‘G‘LI