Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

#2024_yil_1_iyundan


#2024_yil_1_iyundan

????Qonunchilikka ko'ra, Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida, shoshilinch qabul bo'limlarida tun-u kun ishlaydigan birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi.

????Bunda birlamchi ko'mak xonalarida:

????jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zo'ravonlikka uchragan, o'z joniga suiqasd qilgan yoki o'z joniga qasd qilishga moyilligi bo'lgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan ko'p bo'lmagan muddatga joylashtiriladi;

????shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam ko'rsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi to'g'risida tahlillar o'tkaziladi.

Qibray tuman adliya bo‘lim bosh maslahatchisi

O‘ROQOV ABBOSXON NUROLI O‘G‘LI