Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

#Qonunchilikdagi_yangiliklar


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-201-son, 30.05.2024 y.) qabul qilindi

????Qarorga ko'ra, Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi (Muzey) tashkil etiladi.

✔️ Jadidlik harakatiga oid mamlakatimiz va xorijdagi turli manbalar va tarixiy hujjatlarni aniqlash, to'plash, saqlash, o'rganish, tiklash, nusxalash, e'lon qilish, ular asosida Muzey fondini boyitib borish va ekspozitsiyalarni yaratish, shuningdek, madaniy-ma'rifiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish Muzey faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

???? “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan jadidlik harakatiga oid tarixiy materiallar, ashyolar, noyob suratlar Muzey uchun xarid qilinadi.

???? Muzeyni tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro'yxatlar bo'yicha import qilinadigan muzey ashyolari va kolleksiyalari, kitob va qo'lyozmalar, shuningdek, O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, jihozlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalar, mebel va inventarlar 2025-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi.


Qibray tuman adliya bo‘lim bosh maslahatchisi

O‘ROQOV ABBOSXON NUROLI O‘G‘LI