Янгиликлар
Narkojinoyatlar uchun javobgarlik og'irlashtiriladi
Narkojinoyatlar uchun javobgarlik og'irlashtiriladi
???? Farmonga ko'ra, narkojinoyatlar sodir etilishi va qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida quyidagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik 2 baravargacha og'irlashtiriladi, jumladan:
???? giyohvandlik vositalarini o'tkazish maqsadini ko'zlab ko'p miqdorda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo'natish, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda ko'p miqdorda har qanday usulda o'tkazish;
???? alohida toifadagi kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasini ko'p miqdorda va takroran sodir etish;
???? giyohvandlik vositalarini har qanday shaklda iste'mol qilishga jalb etish odam o'limiga yoki boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lganda.
✅ Shuningdek, voyaga yetmagan va yoshlarni narkojinoyatlardan himoya qilish maqsadida quyidagilar belgilandi:
???? har qanday narkojinoyatni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yoki ularni jalb qilgan holda sodir etishni jinoiy javobgarlikni og'irlashtiruvchi holati sifatida qayd etish;
???? ta'lim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki ta'lim tashkilotlariga tutash hududlarda kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni o'tkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni 2 baravargacha og'irlashtirish.
⛔️ Bundan tashqari, ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibi joriy etiladi.
Bo‘ka tuman adliya bo’limi boshlig’i Q.Jurayev