Янгиликлар
Ayrim tibbiyot xodimlari farzandlarining kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
Ayrim tibbiyot xodimlari farzandlarining kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
Qarorga ko'ra, 2026-yil 1-apreldan davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga o'tkazilsin.
✅ Bunda tibbiyot muassasalari ish faoliyatining uzluksizligini ta'minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo'lga qo'yiladi.
✳️ 2026-yil 1-yanvardan davlat tibbiyot muassasalarida:
???? tuman (shahar) darajasida yangi davolash usullarini joriy qilgan va uning ijobiy samarasiga erishgan tuman (shahar) tibbiyot muassasalari shifokorlariga BHMning 50 baravari miqdorida 1 martalik pul mukofoti beriladi;
???? kamida 15 yil ish stajiga ega bo'lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlarining farzandlariga oliy ta'lim tashkilotlarida bakalavriat yo'nalishi bo'yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi;
???? har yili davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo'lgan 500 nafar tibbiyot va farmasevtika xodimlarini uy-joy bilan ta'minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to'lovining 25 foizi qoplab beriladi.
Bo‘ka tuman adliya bo’limi boshlig’i Q.Jurayev