Янгиликлар
Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashini tashkil etiladi
Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashini tashkil etiladi
“Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–210-son, 11.11.2025-y.) qabul qilindi.
???? Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-yanvardan O'zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tuzilmasiga qo'shimcha maslahatchi-elchi – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining AQSHdagi vakili lavozimi kiritildi.
▶️ Maslahatchi-elchi zimmasiga O'zbekiston va AQSHda yirik va strategik investisiya va savdo loyihalarini amalga oshirish masalalari bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri tashabbus ko'rsatish va muhokama qilish vazifasi yuklatildi.
???? Shuningdek, Farmonda 1 oy muddatda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan AQSH hududida qo'shimcha konsulliklar ochish masalasi ishlab chiqilishi belgilandi.
???? Bunda vatandoshlar yirik diasporalari eng ko'p to'plangan hududlarni (Filadelfiya, CHikago, Orlando va Sietl shaharlari) hisobga olish ko'zda tutildi.
???? Ma'lumot uchun: Prezidentning 2025 yil 4–6 noyabr kunlari AQSHga tashrifi davomida “S5+1” sammiti doirasida Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishilgan.
Bo‘ka tuman adliya bo’limi boshlig’i Q.Jurayev