Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi belgilandi


Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi belgilandi

 

Adliya vazirligida “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror (ro'yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) davlat ro'yxatidan o'tkazildi

???? Ushbu hujjat bilan bir qator yangiliklar belgilandi, jumladan:

✅ Endilikda mijozlar banklarda eskrou hisobvaraqlarini ochishlari mumkin (ma'lumot uchun: bu hisobvaraqlar elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdisi, ulushli shartnomalar bo'yicha va boshqa sohalarda bitimlar tuzishda qo'llaniladi).

???? Bank hisobvaraqlarini ochish uchun mijozlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning hamda o'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxs to'g'risidagi ma'lumotnomaning YIDXP (my.gov.uz) va/yoki "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shaklini taqdim etishlari mumkin.

▶️ Norezident jismoniy shaxslar ilgari tegishli bankda bank hisobvarag'ini ochgan bo'lsa, ushbu bankda boshqa bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.

???? 14 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan shaxsga ota-onadan biri yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxs (qonuniy vakili) tomonidan milliy va chet el valyutasida depozit, metall hisobvaraqlar ochish mumkin.

✅ 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan shaxslar milliy va chet el valyutasida depozit, metall hisobvaraqlarni mustaqil ravishda ochishlari mumkin.

 

 

 

 

Bo‘ka tuman adliya bo’limi boshlig’i      Q.Jurayev