Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi belgilandi


Oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (720-son, 13.11.2025-y.) bilan “Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish”ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko'ra, sanitariya-epidemiologik xulosa 3 yil muddatga beriladi. Ushbu xulosa chetdan olib kelinayotgan mahsulotga mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddatiga ega bo'lmagan mahsulotga esa – muddati ko'rsatilmasdan beriladi.

Sanitariya-epidemiologik xulosa quyidagi holatlarda olinishi lozim:

▪️ yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilganda;

▪️ ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi o'zgarganda;

▪️ mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining konstruksiyalari, jamlanmalari o'zgarganda;

▪️ tajriba uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga;

▪️ respublika hududiga olib kiriladigan oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlariga;

▪️ mahsulot ishlab chiqarish uchun berilgan sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilish muddati tugaganda.

???? Ariza beruvchi davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga kelib yoki elektron tarzda YIDXP (my.gov.uz) orqali foydalanishi mumkin.

⏭️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi xulosani QR-kod orqali tasdiqlaydi hamda 1 ish kunida ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

 

 

Bo‘ka tuman Davlat xizmatlari markazi diretori            K.Askarov