Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Yagona ekologik onlayn platforma faoliyati yo'lga qo'yiladi


Yagona ekologik onlayn platforma faoliyati yo'lga qo'yiladi

“O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o'zgarishi qo'mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–343-son, 18.11.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Ekologiya qo'mitasining “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi" davlat muassasasi

negizida “Ekologik monitoring milliy markazi” davlat muassasasi tashkil etiladi.

Ekologiya qo'mitasi o'z faoliyatida bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.

Qo'mita o'z faoliyatini har qanday davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda uning faoliyatiga ushbu mansabdor shaxslarning aralashuvi taqiqlanadi.

???? Shuningdek, 2026-yil 1-sentabrga qadar Yagona ekologik onlayn platforma faoliyati yo'lga qo'yiladi.

✔️ 2026-yil 1-martdan belgilangan muddatda fon monitoring stansiyalarini o'rnatmagan va ularni Ekologiya qo'mitasining Ekologik monitoring milliy markaziga integrasiya qilmagan I va II toifadagi korxonalarga nisbatan kompensasiya to'lovlari 5 baravarga oshirilgan holda qo'llanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Bo‘ka tuman Davlat xizmatlari markazi xodimi            F.Azimov