Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Jamoatchilik aholi punktlari yerlarini olib qo'yishga taqiq qo'yish bo'yicha tashabbus kiritishi mumkin bo'ladi


Jamoatchilik aholi punktlari yerlarini olib qo'yishga taqiq qo'yish bo'yicha tashabbus kiritishi mumkin bo'ladi

 

Qarorga ko'ra, 2026-yil 1-martdan tabiatga zarar yetkazish bo'yicha kompensasiya to'lovlaridan ozod qilish tarzida imtiyoz berish bilan bog'liq barcha qonunchilik hujjatlari va ko'rsatmalar o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanadi.

Ushbu masalada imtiyoz berish faqat qonun orqali amalga oshiriladi.

Ekopolitsiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni (elektroshok qurilmalarini) va xizmat qurolini (rezina o'qli, to'r otuvchi) qo'llash huquqi beriladi hamda ularning maxsus kiyimiga bodi kameralar o'rnatiladi.

2026-yil 1-apreldan o'rmon fondiga kirmaydigan daraxt bilan qoplangan aholi punktlarining yer maydonlarini olib qo'yish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga jamoatchilik tomonidan taqiq qo'yish bo'yicha tashabbus kiritish imkoni yaratiladi.

???? Bunda fuqaro davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

⛔️ Yer maydoni joylashgan mahalla aholisining kamida 10 foizi taqiq qo'yishga rozi bo'lganda, Ekologiya qo'mitasi tomonidan ushbu maydonni olib qo'yish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga taqiq qo'yiladi.

✅ Kadastr agentligi tegishli yer maydoni xususiy mulk hisoblanmasligi yoki boshqa yer toifasiga kirmasligini o'rganib, ijobiy hollarda ushbu maydonga qo'yilgan taqiqni ro'yxatdan o'tkazadi.

 

 

 

 

 

Bo‘ka tuman Davlat xizmatlari markazi xodimi            F.Azimov