Янгиликлар
“Yoshlar daftari” jamg'armalari orqali ijtimoiy yordam ko'rsatish samaradorligi oshiriladi
“Yoshlar daftari” jamg'armalari orqali ijtimoiy yordam ko'rsatish samaradorligi oshiriladi
“Yoshlar daftari” jamg'armalari orqali ijtimoiy yordam ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–222-son, 20.11.2025-y.) qabul qilindi.
???? Quyidagilar Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
???? 16 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega bo'lishiga ko'maklashish;
???? “Mutolaa” loyihasi doirasida ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni muntazam o'qib boruvchi yoshlarning ulushini 10 foizga oshirish;
???? “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni o'zlashtirgan yoshlar ulushini 30 foizga oshirish.
✅ Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-fevraldan belgilangan ijtimoiy yordam turlari Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga ijtimoiy shartnoma orqali quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
???? ta'lim olishni uzluksiz ravishda amalga oshirib borish;
???? ta'lim jarayonida ijobiy o'zlashtirish ko'rsatkichlariga erishish;
???? volontyorlik faoliyatini amalga oshirish;
???? “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarda qatnashish.
Bo‘ka tuman Davlat xizmatlari markazi xodimi A.Abdulaxatov