Янгиликлар
Dalolatnoma yozuvlarini bekor qilish
Dalolatnoma yozuvlarini bekor qilish
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 233-moddasiga muvofiq, agar FHDY organi tomonidan ikki va undan ortiq bir xil yozuvlar borligi aniqlansa, tiklangan yozuvlar ular tuzilgan joydagi FHDY organi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Agar topilgan dalolatnoma yozuvlarida familiya, ism, ota ismi, tug‘ilgan sana, ota-ona to‘g‘risidagi ma’lumotlarda jiddiy farq bo‘lsa, tiklangan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari sudning qarori bilan bekor qilinadi.
Sudning dalolatnoma yozuvini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini olgach bekor qilinayotgan yozuvni tuzgan FHDY organi uning diagonali bo‘ylab chiziq tortib, bu haqda belgi qo‘yadi va arizachiga ma’lumotnoma beradi.
FHDY organi hududiy adliya organining FHDY arxiviga va dastlabki dalolatnoma yozuvi tuzilgan joydagi FHDY organiga dalolatnoma yozuvlarining bekor qilinganligi to‘g‘risida “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali xabarnomalar yuboradi, dalolatnoma yozuvi bir nusxada qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
Hududiy adliya organining FHDY arxivi xabarnomani olgach tegishli dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga bekor qilinganligi haqida belgi qo‘yadi, FHDY organi esa ariza beruvchiga dalolatnomaning dastlabki yozuviga muvofiq takroriy guvohnoma beradi.
Sobiq ittifoq respublikalaridan kelgan hujjatlar bo‘yicha yozuvlarni bekor qilish xududiy adliya organlari xulosalari bo‘yicha FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi, yozuvni bekor qilish bo‘yicha hujjatlar esa shu FHDY organida saqlanadi.
Bo‘ka tuman adliya bo‘limi FHDY
xodimi Normatova Gulbahor